Majburiy ovoz töplangan loyihalar «Taşabbusli byudjet»dan çetlatiladi

Majburiy ovoz töplangan loyihalar «Taşabbusli byudjet»dan çetlatiladi

Ayni kunlarda davom etayotgan «Taşabbusli byudjet» jarayonining joriy yilgi 1-mavsumi doirasida ovoz beriş bosqiçida majburiy ovoz töplaş holatlari haqida ham xabarlar tarqalmoqda.

Jumladan, bir muddat oldin Farğona viloyati Quva tumanidagi 37-maktabda majburiy ovoz beriş holatlari kuzatilgani va bunga yöl qöygan maktab direktorining işdan olingani haqida xabar berilgan edi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi axborot xizmati bergan munosabatga köra, mazkur holatlar kuzatilgan loyihalar «Taşabbusli byudjet»dan çetlatiladi.

«Şu munosabat bilan mazkur maktabda majburiy ovoz töplangan loyihalarni ovoz beriş bosqiçidan çetlatiş yuzasidan tegişli tuman Xalq deputatlari kengaşiga taqdimnoma yuborildi», – deyiladi vazirlik munosabatida.

Şuningdek, «Taşabbusli byudjet» jarayoni doirasida majburiy ovoz berişga jalb etiş – majburiy mehnat sifatida tasniflanişi haqida eslatib ötilmoqda.

Agar Siz ovoz töplaşga majburlaş holatlariga duç kelsangiz, zudlik bilan Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligining 71 200-06-00 işonç raqamiga qönğiroq qilişingiz mumkin.

Teglar:
×