Prezident tibbiyot markazlari qurilişiga oid loyihalar bilan tanişdi

Prezident tibbiyot markazlari qurilişiga oid loyihalar bilan tanişdi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 29 noyabr kuni onkologiya va endokrinologiya tibbiyot markazlari qurilişiga oid loyihalar taqdimoti bilan tanişdi. Bu haqda davlat rahbari Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu ikki yönaliş inson umri, hayot sifati, genofond soğlomligini belgilaydigan dolzarb sohalardir. Şifoxonalarga murojaatlar va joylarda ötkazilgan tibbiy köriklar tahlili bunday kasalliklar köp uçrayotganini körsatgan. Bu yönalişdagi respublika markazlarining binolari ham eskirgan edi.

Holat bilan bevosita tanişiş maqsadida davlatimiz rahbari şu yil may oyida Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini borib körgan edi. Şundan kelib çiqib, 27 may kuni Prezidentning «Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini körsatiş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Unda Respublika onkologiya va radiologiya tibbiyot markazi uçun yangi zamonaviy binolar qurilişi va jihozlaş belgilangan edi.

Şundan söng, xorijiy klinikalarning ilğor tajribasi, şifokor va bemorlar uçun barça şaroitlar hisobga olinib, loyiha işlab çiqildi. Ötgan galgi taqdimotlarda bildirilgan fikrlar asosida u yanada takomillaştirildi.

Yangi bino 10 qavatli böladi. 3 qavatli yerosti qismida radiologiya va nur terapiya, pozitron-emission tomografiya, radioizotop tekşiriş kabi bölimlar joylaştiriladi. Markazda immunoterapiya, target terapiya, çiziqli tezlatkiç yordamida va stereotoksik nur terapiya, radioxirurgiya kabi yangi davolaş uslublari joriy etiladi. Uşbu yangi bino Toşkent tibbiyot akademiyasining 2-klinikasi hududida quriladi.

Yurtimizdagi ulkan ilmiy, diagnostik va davolaş salohiyatiga ega muassasalardan yana biri Respublika ixtisoslaştirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazidir. Unda 288 örinli statsionar bölim va 250 kişiga möljallangan maslahat-diagnostika klinikasi bor. Markazning hozirgi binosi 1974 yilda qurilgan, moddiy-texnik bazasi eskirgan.

Şu bois, uşbu muassasa uçun Toşkent tibbiyot akademiyasining 1-klinikasi negizida yangi majmua barpo etiş rejalaştirilgan. Bu markazning şaroitlarini yaxşilab, xizmatlar turini kengaytiradi. Xususan, bugungi kunda endokrinologiya markazida 14 ta bölim bölsa, yangi majmuada yana 14 ta bölim oçiş uçun imkoniyat yaratiladi.


Prezident quriliş loyihalarini maʼqullab, endi iş tizimini töğri yölga qöyiş va tibbiy xizmat sifatiga eʼtibor qaratiş kerakligini taʼkidladi. Markazlarga xorijdan mutaxassislar jalb etiş, şifokorlarni jahon tibbiyoti yutuqlari asosida qayta öqitiş, ilmiy tadqiqotlarni rağbatlantiriş böyiça körsatmalar berildi. Uşbu respublika markazlarini quriş bilan birga hududlardagi dispanser va poliklinikalarda şaroitlarni yaxşilaş, zamonaviy taşxis uskunalari yetkazib beriş, şifokorlar malakasini oşiriş muhimligi qayd etildi.

×