Majburiy mehnatga yöl qöygan mansabdorlar 736 mln söm jarimaga tortildi

Joriy yilning 10 oyida majburiy mehnatga yöl qöygan 62 nafar mansabdor şaxsga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 51-moddasi bilan 736,1 mln söm miqdorida jarima qöllanildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Matbuot kotibi maʼlum qildi.

Şuningdek, 18 ta holatda yuqori turuvçi taşkilotlarga taqdimnomalar kiritilgan hamda 1 ta holatda hujjatlar sud organlariga, 4 ta holatda prokuratura organlariga yuborilgan.

Joriy yilning 10 oyi davomida vazirlikning Davlat mehnat inspektsiyasiga 20 814 ta murojaat kelib tuşgan bölib, murojaatlar xususiyatlari böyiça: 

•    iş haqi va boşqa tölovlarni vaqtida tölamaslik 6329 ta;
•    iş haqidan majburiy uşlab qoliş 732 ta;
•    işga qabul qilişda qonun buziliş xolatlari 765 ta;
•    işga qabul qilişni rad etilganligi 723 ta;
•    noqonuniy işdan böşatilişi 2244 ta;
•    norasmiy işlatiş 1644 ta;
•    mehnat daftarçalari yuritilişidagi qonun buzilişi 378 ta;
•    iş vaqtiga rioya etilmaganligi böyiça 279 ta;
•    baxtsiz hodisalar 144 ta;
•    tovon pulini tölamaslik 137 ta;
•    mehnat şaroitlari yaratilmaganligi 61 ta;
•    mehnatni muhofaza qilişga oid 238 ta;
•    boşqa maslalarga oid 6467 tani taşkil qiladi.

Murojaatlarning tekşiriş natijada 10 441 ta qonunbuziliş holatlari aniqlangan. Şundan, 12 152 tasi qanoatlantirilgan, 7832 tasiga tuşuntiriş berilgan.

Şu bilan birga, iş haqi böyiça kelib tuşgan murojaatlar yuzasidan 1506 nafar fuqarolarning iş haqlari undirib berilgan.

Paxta yiğim-terimi mavsumida jami 13 419 ta monitoringlar olib borilgan bölib, mehnat qonunçiligini buzganligi uçun 65 nafar mansabdor şaxsga jami 198,4 mln söm miqdorda maʼmuriy jarima tayinlangan.

Bunda 5 ta holatda majburiy mehnat böyiça, 21 ta holatda mehnat şartnomasi tuzilmaganligi, 25 ta holatda mehnat şaroitlari yaratilmaganligi, 14 ta holatda terim pullarining öz vaqtida tölamaslik faktlari aniqlanib, mansabdor şaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Mexnatni muxofaza kiliş talablari taʼminlaş yuzasidan Qonunbuzilişlar sohalar böyiça tahlil qilinganda:

•    xalq taʼlimi tizimidagi taşkilot va umumtaʼlim maktablarida 8386 ta
•    maktabgaça taʼlim muassasalarida 6520 ta;
•    tibbiyot muassasalarida 2770 ta;
•    quriliş sohasida 2473 ta;
•    holatda qişloq xöjaligida 497 ta;
•    oliy va örta maxsus taʼlim muassasalarida 803 ta;
•    sanoat korxonalarida 679 ta;
•    transport sohasida 517 ta;
•    savdo va xizmat körsatiş korxonalarida 229 ta holatlarda mansabdor şaxslar tomonidan xodimlarning huquqlari buzilgan.

×