IŞIDning afğon bölimi soni 6,5 ming jangarigaça köpaydi, ularning 4 ming nafari Tojikiston bilan çegarada töplangan. Bu haqda bugun, 14 fevral kuni bölib ötgan matbuot anjumanida Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti Birlaşgan ştab boşliği, general-polkovnik Anatoliy Sidorov maʼlum qildi.
“Ayni paytda IŞIDning afğon bölimi bölmiş “Xuroson viloyati” jangarilari soni sezilarli darajada oşdi va 6,5 mingga yaqin kişini taşkil etadi, ulardan 4 ming nafari Tojikistonning janubiy çegaralarida, Badaxşon, Qunduz va Taxar viloyatlarida töplangan”, deydi Sidorov.
Unga köra, Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikka asosiy tahdid Afğonistonda ildiz otgan köplab ekstremistik guruhlardan kelib çiqadi. IŞID va “Al-Qoida” eng katta xavf tuğdiradi.
“Bundan taşqari, mintaqadagi vaziyatning beqarorlaşişiga “Tolibon” rahbariyatining milliy va diniy ozçiliklarni zulm qiliş siyosati, birdamlikning yöqligi va “Tolibon” içida qarama-qarşiliklarning kuçayişi, iqtisodiy vaziyatning tanazzulga uçraşi va gumanitar muammolarning keskinlaşuvi yordam bermoqda”, deydi u.
Sidorov, şuningdek, nazoratsiz narkotrafik va qurollarning noqonuniy tarqatilişi yuqoridagi omillar bilan birgalikda Afğonistonning fuqarolar uruşiga qaytiş ehtimolini oşirişini taʼkidladi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 8 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Afğoniston muammosiga bağişlangan xavfsizlik vakillarining beşinçi köp tomonlama yiğilişi iştirokçilariga yöllagan murojaatida Afğonistondagi vaziyatdan mintaqaviy bölmagan davlatlar u yerda xalqaro terrorizmga qarşi kuraş niqobi ostida yaratmoqçi bölgan infratuzilmasini kengaytiriş yoki quriş uçun foydalanişga urinişlardan xavotir bildirgan edi. Uning sözlariga köra, Amerika Qurolli kuçlari Afğonistondan qoçib ketganidan söng, afsuski, bu davlatdagi vaziyat yaxşilanmayapti. Xalqaro terrorçilik taşkilotlari, jumladan, öz salohiyatini oşirayotgan “Al-Qoida” faollaşib bormoqda









