OTMga kiriş imtihonlari 3 smenada bölib ötişi maʼlum qilindi

OTMga kiriş imtihonlari 3 smenada bölib ötişi maʼlum qilindi

2020 yildagi OTMga kiriş imtihonlari 3 smenada bölib ötadi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Boş vazirining ijtimoiy rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari Behzod Musayev 2020/2021 öquv yili qabul jarayonini taşkil etiş yuzasidan dolzarb vazifalarga bağişlangan offlayn brifingda maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, Respublika oliy taʼlim muassasalariga kiriş uçun abituriyentlar amaldagi muddatda 15 iyundan 15 iyulgaça (şu kuni ham):

– Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali;

– Davlat test markazining rasmiy veb-sayti;

– Davlat xizmatlari markazlari orqali onlayn röyxatdan ötkaziladi.

Bunda abituriyentlarga uydan çiqmagan holda mobil telefon (kompyuter) yordamida onlayn röyxatdan ötiş imkoniyati yaratiladi.

Oliy taʼlim muassasalariga qabul körsatkiçlari taʼlim yönalişlari va öqitiş tili kesimida DTM hamda muayyan oliy taʼlim muassasasining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.

Maʼlum qilinişiça, 2020 yil ötkaziladigan OTMga kiriş imtihonlari uçun 64 ta bino tanlab olingan. Ularda har bir abituriyentga kamida 3 metr joy ajratilmoqda. Binolarda abituriyentlarni soni kamayişi munosabati bilan bir kunda 3 smenada imtihonlar bölib ötadi. Avvalgi yillarda 2 imtihonlar 2 smenada taşkil qilingan edi. Har bir smenada 25 ming nafar, kuniga 75 mingdan ortiq abituriyentlar test sinovlarida iştirok etadi.

Imtihon ötkaziladigan binolarga abituriyentlar tibbiy niqob, rezina qölqopda va harorati tekşirilgandan söng kiritiş, test ötkazilgandan söng binolarni dezinfektsiyalaş va ijtimoiy masofaga amal qilişni nazorat qiliş belgilangan.

×