Joriy yilning oktyabr oyida Seul şahrida (Janubiy Koreya) Özbekistondagi Interpol MMB, Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi va Janubiy Koreyaning Interpol MMB xodimlari hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbirlari ötkazdi.
Natijada Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi, 168-moddasi 2-qismi bilan belgilangan oğir jinoyatlarni sodir etgani uçun Özbekiston huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan xalqaro miqyosda qidiruvda bölgan 1991 yilda tuğilgan şaxs qölga olingan.
Olingan maʼlumotlarga asosan, Seulda katta miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etgani uçun qidiruvda bölgan yana bir Özbekiston fuqarosi, 1957 yilda tuğilgan J.N. qölga olingan. 2016 yilda J.N. fuqarolarimiz işonçiga kirib, aldov yöli bilan Toşkent şahridan köçmas mulk xaridida yordam berişini vaʼda qilib, ulardan olgan pullarni majburiyatlarini bajarmay öz ehtiyojlari uçun sarflab yuborgan.
Bugungi kunda muzokaralar va Özbekistondagi Interpolning MMB hamda Toşkent viloyati IIBB JQB xodimlarining hamkorlikdagi tezkor harakatlari tufayli qidiruvdagi ikkala şaxs ham qölga olinib, Özbekistonga topşirildi.









