Soatiga 60 km çeklovi qaçondan, qayerda amal qilişi aytildi

Soatiga 60 km çeklovi qaçondan, qayerda amal qilişi aytildi

2023 yil 1 apreldan boşlab Toşkent va Nukus şaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanişining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgaça tuşiriladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan keça, 28 fevral kuni imzolangan 2022–2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturida aytilgan.

Avvalroq, joriy yilning 1 iyunidan boşlab Özbekistonning barça aholi punktlarida transport vositalari harakatlanişining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgaça tuşirilişi aytilgan edi. Biroq kelib tuşgan takliflar inobatga olinib, uşbu çeklov faqat şahar va viloyatlar markazlarida amal qilişi belgilandi. 

Qayd etilişiça, yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş sohasi “şahar avtomobillar emas, balki piyodalar uçun” ğoyasi asosida isloh qilinadi. 

2023 yil 1 dekabrdan boşlab transport vositasining egasiga transport vositasini boşqariş huquqi ötkazilgan şaxs bilan birgalikda tegişli huquqni belgilovçi hujjatni (işonçnoma va boşqalar) taqdim etgan holda, davlat yöl harakati xavfsizligi xizmati organlarini transport vositasini boşqariş huquqini ötkazganligi haqida xabardor qiliş huquqi beriladi. 

Bunda, xabarnoma olingan kundan boşlab vakolatli organ tomonidan Yöl harakati xavfsizligi xizmatining Yagona avtomatlaştirilgan axborot-tahlil tizimiga tegişli özgartirişlar kiritiş hamda uşbu transport vositasida sodir etilgan yöl harakati qoidalari buzilganligi uçun boşqariş huquqi ötkazilgan şaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştiriş tartibi joriy etilişi belgilanadi.


×