Maktab faoliyati qaçondan tiklanişi maʼlum böldi!

Maktab faoliyati qaçondan tiklanişi maʼlum böldi!

Respublikada karantin talablarini qisqartiriş maqsadida Davlat Rahbari tomonidan berilgan körsatmalarga muvofiq Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilar ruxsat berildi:

2020 yil 5 sentyabrdan boşlab:

✔️Ota-onalarning fikrlari va mahalliy deputatlar kengaşlari takliflariga muvofiq sentyabr oyidan maktabgaça taʼlim taşkilotlari va umumtaʼlim maktablarining anʼanaviy va masofaviy şakldagi faoliyatiga.

❗️Bunda uşbu obʼektlar quyidagi sanitariya talablariga rioya etişi talab etiladi:

➖xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvçilar)ning soğliği holatini doimiy nazorat qiliş (tana haroratini muntazam ölçab boriş), tana harorati 370S va undan yuqori bölgan yoki infektsiya alomatlari mavjud bölgan xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvçilar)ni maşğulotlar çetlatiş;

➖xodimlar tibbiy niqobdan foydalanişi va ijtimoiy masofani saqlaşi;

➖sanitariya-gigiyena va dezinfektsiya talablariga qatʼiy rioya etiş, bino xonalarni doimiy ravişda dezinfektsiya qiliş, ularga kiriş-çiqiş joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfektsion “töşak”lar bilan jihozlaş.

×