Moskvaning Basmanniy sudi “Birinçi kanal”ning sobiq muharriri Marina Ovsyannikovani Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuçlari haqida yolğon maʼlumot tarqatişda aybdor deb topib, sirtdan 8,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda poytaxt prokuraturasiga tayanib, TASS xabar berdi.

Rossiya prokuraturasi Ukrainaga bosqinga qarşi norozilik bildiriş uçun jonli efirni töxtatgan “Birinçi kanal” jurnalisti Marina Ovsyannikovani töqqiz yarim yillik qamoq jazosiga hukm qilişni söragan.
“Sud prokuratura pozitsiyasini inobatga olib, Ovsyannikovani sakkiz yilu olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini umumiy rejimdagi axloq tuzatiş koloniyasida ötaşga hukm qildi, şuningdek, sud uni tört yil muddatga elektron yoki axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarining veb-saytlari, şu jumladan internet tarmoği bilan boğliq faoliyat bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qildi”, deyiladi xabarda.
Ilgari Rossiyaning “Birinçi kanal”ida işlagan Marina Ovsyannikova ötgan yili uy qamoğidan qoçib, qizi bilan Rossiyani tark etganidan beri Frantsiyada yaşamoqda.
Eslatib ötamiz, 2022 yilning 14 mart kuni keçqurun Rossiyaning “Birinçi kanal”i xodimi Marina Ovsyannikova “Vremya” körsatuvi jonli efirida uruşga qarşi plakat bilan studiyaga kirib borgandi. Yangiliklar eʼloni paytida u “No war. Uruşni töxtating. Propagandaga işonmang. Bu yerda sizni aldaşmoqda. Ruslar uruşga qarşi”, deb yozilgan plakat bilan kadrga tuşdi. Ovsyannikova rejissyorlar boşqa kadrni qöyib yubormagunça efirda bir neça bor “Uruşni töxtating! Uruş kerakmas!”, deb takrorlagan. Ertasi kuniyoq unga nisbatan sud işi boşlandi va şu kunning özida u 30 ming rubl miqdorida jarimaga tortildi.
Ikkinçi marta ötgan yilning iyul oyida Marina Ovsyannikova Rossiya armiyasini obrösizlantiriş töğrisidagi moddasi böyiça Moskvaning Krasnoselskiy tumani deputati Ilya Yaşinga nisbatan jinoyat işini tanqid qilgani uçun 50 ming rubl miqdorida, uçinçi marta esa avgust oyida Facebook’dagi posti uçun 40 ming rubl miqdorida jarimaga tortilgan.









