Qaysi turdagi maşinalar avtobuslar yölakçasida harakatlanişi mumkin böladi?

Qaysi turdagi maşinalar avtobuslar yölakçasida harakatlanişi mumkin böladi?

Toşkentda 475 kmga yaqin 34 ta alohida avtobus yölakçalari taşkil etiladi. IIV boşqarma boşliği Fazliddin Toşkenboyev yölaklarda avtobusdan taşqari faqatgina tez yordam, yonğin xavfsizligi va IIV avtomobillari harakatlanişi mumkinligini taʼkidladi.


IIV Jamoat xavfsizligi depertamenti yöl-harakat xavfsizligi boşqarma boşliği Fazliddin Toşkenboyev Toşkent şahrida 475 kmga yaqin 34 ta alohida avtobus yölakçalari taşkil etilişini maʼlum qildi.

Rejaga köra, yaqin bir hafta içida asosiy — Alişer Navoiy, Beruniy, Amir Temur va Farğona yöli köçalari böylab yölakçalar taşkil etiladi. Qolgan köçalarda esa 1−2 oy içida töliq yölga qöyiladi.

Boşqarma boşliğining sözlariga köra, yölakçalarda avtobuslardan taşqari faqatgina tez yordam, yonğin xavfsizligi va IIV avtomobillari harakatlanişi mumkin. Qolgan avtotransport vositalariga esa harakatlaniş taqiqlanadi va bu tegişli javobgarlikka sabab böladi.


«Ammo har qanday avtomobilga maʼlum sababga köra, masalan, yöl yoqasidagi obʼektlarga yoki köçaga kiriş uçun uşbu yölakda foydalanişga ruxsat etiladi», — dedi Fazliddin Toşkenboyev.

Buning uçun yölakçalarda uziq çiziqlar mavjud bölib, taxminan 40−50 metr masofa belgilanadi. Köça yoki obʼekt boşlangan joyda uşbu uziq çiziqlarning taʼsir doirasi tugaydi va avtomobillar avtobuslar uçun möljallangan yölakçani böşatib qöyişlari talab etiladi.

Teglar:
×