Qirğiziston ham kartoşka eksportini taqiqlaşi mumkin

Qirğiziston ham kartoşka eksportini taqiqlaşi mumkin

Qirğizistonning qişloq xöjaligi vazirligi kartoşka eksportiga vaqtinçalik çeklov joriy etiş masalasini körib çiqmoqda.

Qayd etilişiça, uşbu çora-tadbirlar ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarga nisbatan narx çayqovçiligining oldini oliş va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan.

Mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari narxlari böyiça ötkazilgan yiğilişda mamlakat qişloq xöjaligi vaziri Baxit Töroboyev davlat idoralari, Prezidentning viloyatlardagi vakillari va mahalliy hokimliklarga oziq-ovqat mahsulotlari tannarxini qattiq nazorat qiliş böyiça topşiriq bergan.

Maʼlumot uçun, Qirğiziston ötgan yilning 11 oyi davomida 68,2 ming tonna kartoşka eksport qilgan va ularning asosiy qismiga Özbekiston xaridor bölgan.


Teglar:
×