Özbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida kartoşka 3 000 – 6 500 sömdan, sabzi esa 1 000 – 4 500 sömdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qömitasi hududlardagi markaziy dehqon bozorlarida ötkazgan kuzatuv natijalari böyiça maʼlum qildi.
Unga köra, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari eʼlon qilingan.
Joriy yil 15 dekabr holatiga köra, oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari quyidagiça:
- Suyakli mol göşti (1 kg) – 45000 – 68000 söm;
- Qöy göşti (1 kg) – 52000 – 80000 söm;
- Kartoşka (1 kg) – 3000 – 6 500 söm;
- Piyoz (1 kg) – 1200 – 4000 söm;
- Sabzi (1 kg) – 1000 – 4500 söm;
- Tuxum (10 dona) – 7000 – 15000 söm;
- Guruç (1 kg) – 4500 – 17 500 söm;
- Ösimlik yoği (1 l) – 13 600 – 24000 söm;
- Şakar (1 kg) – 7500 – 10500 söm.
Statqöm narxlar kuzatuv amalga oşirilayotgan vaqtda qayd etiladi. Maʼlumotlarni töplaş vaqti, sanasi hamda joyi özgarişiga qarab, narxlar özgarişi mumkinligini eslatib ötgan.









