Özbekistonda dollarning rasmiy kursi oşişni boşladi

Özbekistonda dollarning rasmiy kursi oşişni boşladi

Markaziy bank 10 martdan valyutalarning sömga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga köra dollarning rasmiy kursi 19,80 sömga oşib, bir dollar 9520,34 sömni taşkil qildi.

Yevro kursi 149,02 sömga tuşib, 10 572,34 sömga teng böldi.

Öz navbatida rubl kursi 8,69 sömga arzonlaşgan va 1 rubl 130,22 sömga teng bölgan.

Qayd etiş kerakki, bungaça Özbekistonda dollarning rasmiy kursi ketma-ket olti hafta davomida pasaygandi. Ötgan haftada ham rasmiy kurs 13,30 sömga tuşib, bir dollar 9500,54 sömni taşkil qilgandi.

×