Toşkent viloyatida “Umra” tadbirini litsenziyasiz taşkil etgan firmalarga moliyaviy jarima qöllanildi. Bu haqda Din işlari böyiça qömita xabar berdi.
Qayd etilişiça, Din işlari böyiça qömita tomonidan ötkazilgan tekşiruvda Angren şahrida joylaşgan “Nazir travel N1” MÇJ va “Bonu travel 000” MÇJ litsenziyasiz “Umra” tadbirini taşkil etgani aniqlangan. MÇJlarga nisbatan moliyaviy jarima qöllanilgan.
“Umra” tadbirlarini taşkil etiş va ötkaziş böyiça faoliyat uçun litsenziya oliş sohasidagi huquqbuzarliklar uçun yuridik şaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 mln. söm) etib belgilangan”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, Din işlari böyiça qömita ziyoratçilarni “Umra” amallarini munosib va xavfsiz bajarişlari uçun ogoh bölişlari va keyinçalik turli köngilsiz holatlarga tuşib qolmasliklari maqsadida işonçli va kafolatlangan xizmatlardan foydalanişlarini tavsiya etgan.









