Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi Xorazmda öqituvçilar maktabni tozalaş işlariga jalb etilgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Yangibozor tumani 28-maktabda öqituvçilarning maktabni tozalaş işlariga jalb qilingani haqidagi xabar Xorazm viloyati Kambağallikni qisqartiriş va bandlik boş boşqarmasi Davlat mehnat nazorati inspektsiyasi tomonidan örganilgan.
Unga köra, taşkilot rahbariga nisbatan xodimlarni Mehnat kodeksining 115-moddasiga zid ravişda mehnat şartnomasida korsatilmagan, öz xizmat vazifalari doirasiga kirmaydigan işlarga jalb qilingani sababli Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 49-moddasi (mehnat va mehnatni muhofaza qiliş töğrisidagi qonunçilikni buziş) 1-qismi bilan maʼmuriy jarima qöllangan.
Avgust boşlarida Samarqand viloyatining Kattaqörğon tumanidagi öqituvçilarni majburiy mehnatga jalb qilgan direktor işdan olingandi. Şuningdek, Qaşqadaryo viloyati Koson tumanidagi maktabni taʼmirlaş uçun pul yiğilayotgani aytildi. Iyunda esa Toşkent viloyatining Olmaliq şahridagi maktabda öqituvçilar majburiy mehnatga jalb etilgani haqida tarqalgan xabarlar ortidan direktorning maʼnaviy va maʼrifiy işlar böyiça örinbosariga çora körilgan edi.









