AQŞning sobiq prezidenti Donald Tramp bir hafta avval hibsga olinişi mumkinligi haqidagi bayonotlaridan keyin ilk bor omma oldida gapirdi.
BBCning yozişiça, Tramp Texasdagi Vako ayeerodromida özining minglab tarafdorlari bilan gaplaşar ekan, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi haqida gapirib, aynan uning prezidentligi davrida Ukrainaga keng kölamli qurol yetkazib beriş boşlanganini eslatdi.
“Men ularga yuzlab Javelin raketalarini berdim”, dedi u va özidan oldingi prezident Barak Obama Kiyevga faqat yostiqlar, yaʼni halokatli bölmagan jihozlar yuborganini qöşimça qildi.
Tramp, agar u hali ham Oq uyda bölganida, Putin heç qaçon Ukrainaga hujum qilişga jurʼat etmagan bölardi, balki Amerikaning amaldagi Prezidentining ojizligi va qatʼiyatsizligini köribgina şunday qildi, degan tezislarini takrorladi.
"Men ketişim bilanoq - falokatni xohlaganingizça ataşingiz mumkin - ular [ruslar] darhol [Ukraina bilan] çegaraga qöşin töplay boşladilar", dedi Tramp.
Agar qayta saylansa, Tramp Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini darhol töxtatişga vaʼda berdi. "Prezident bölganimda, men bunga 24 soat içida erişaman", deb işontirdi u.
"Sizning oldingizda turib, men quyidagilarni aytişim mumkin bölgan yagona nomzodman: men Uçinçi jahon uruşining oldini olaman", dedi sobiq prezident jamoatçilikning olqişlari ostida.









