Özbekistonda koronavirusga çalingan bemor kim bilan muloqot qilganini körsatuvçi mobil ilova joriy etiladi

Özbekistonda koronavirusga çalingan bemor kim bilan muloqot qilganini körsatuvçi mobil ilova joriy etiladi

Özbekistonda ham Janubiy Koreyadagidek koronavirusga çalingan bemorni kim bilan muloqot qilganini kuzatib boradigan mobil ilova yaratiladi.

Özbekiston Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov va Koreya Respublikasi Soğliqni saqlaş va ijtimoiy taʼminot vaziri Pak Ning Xu örtasida telefon orqali muloqot bölib ötdi. Unda tibbiyot sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytiriş, şu jumladan, Covid-19’ga qarşi kuraş borasida birgalikdagi saʼy-harakatlarni kuçaytiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Muloqot avvalida, Özbekiston Soğliqni saqlaş vaziri koronavirus infektsiyasiga qarşi kuraşda, şuningdek, uşbu mamlakat mutaxassislari bilan hamkorlikda Toşkentda törtinçi avlod Bolalar milliy tibbiyot markazini bunyod etişda Koreya Respublikasi tomonidan körsatilayotgan amaliy yordam uçun çuqur minnatdorçilik bildirib ötdi. Suhbat davomida ikki mamlakat vazirlari yurtimizda Koreyaning yetakçi tibbiyot universitetining filialini oçiş, tibbiyot klasterini taşkil etiş masalalarini keng muhokama qilişgan. 

«Eng muhimi, ikki davlat vazirlari yurtimizda tegişli vazirlik va idoralar bilan birgalikda «»ga qarşi mobil ilovalarini yaratib, treking usulini joriy etiş borasida kelişuvga erişdilar. Bu esa bizga xuddi Koreyadagidek koronavirusga çalingan bemor kim bilan muloqot qilgani va qaysi hududlarda bölganini innovatsion tarzda aniq körsatib beriş imkoniyatini yaratadi. 

Bundan taşqari, hamkorlikda koronavirus infektsiyasiga qarşi kuraşda testlar va dorilarni işlab çiqiş masalalari ham muhokama etildi. Jumladan, «»ga qarşi vaktsinani birgalikda klinik sinovlarini ötkaziş töğrisida ham kelişuvga erişildi. Öz navbatida Koreya Soğliqni saqlaş va ijtimoiy taʼminot vaziri Pak Ning Xu uşbu vaktsinani dunyo mamlakatlariga taqdim etişda Özbekiston alohida ustuvor mavqega ega bölişini taʼkidlab ötdi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi xabarida.

Muzokaralar yakunida Soğliqni saqlaş sohasida Özbekiston – Koreya hamkorligi markazining imkoniyatlarini yanada kengaytirişga ham kelişib olingan.

Eslatib ötamiz, Koreya Respublikasi Soğliqni saqlaş va ijtimoiy taʼminot vaziri Pak Ning Xu ötgan yil aprel oyida Özbekistonga taşrifi davomida Soğliqni saqlaş vazirligining «Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş aʼloçisi» kökrak nişoni hamda Toşkent tibbiyot akademiyasining Faxriy professori unvoni bilan taqdirlangan edi.

«Hozirda ikki davlat örtasida soğliqni saqlaş sohasida hamkorlikda islohotlarni amalga oşiriş, jumladan, sohaning huquqiy asoslari, tibbiyot xodimlarining bilim va malakasini yanada oşiriş, elektron tibbiyotni joriy etiş, davlat-xususiy sektor hamkorligi, tibbiy turizm hamda tibbiy suğurta sohasida mutaxassislar almaşinuvi böyiça qator qöşma loyihalarni amalga oşiriş borasida izçil saʼy-harakatlar amalga oşirilmoqda», deyiladi xabarda.

×