AQŞning Los-Anjeles politsiyasi örmon yonğinlariga sabab bölganlikda gumon qilinayotgan şaxsni qölga oldi. Bu haqda huquq-tartibot idoralariga tayanib “NewsNation” telekanali xabar berdi.
“Los-Anjeles politsiya departamenti “NewsNation” telekanaliga “Kennet” yonğini işi endi qasddan yonğin çiqarganlik işi sifatida tergov qilinayotganini va bir kişining hibsga olinganini tasdiqladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, gumonlanuvçini qölga olişda mahalliy aholi yordam bergan. Okrug prokurori Neytan Xoxmanning sözlariga köra, aybdor umrbod ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.
Maʼlumot uçun, joriy hafta örtasida Los-Anjeles okrugini örmon yonğinlar qamrab oldi va bu ofat mintaqa tarixidagi eng vayronkorlardan biri sifatida baholanmoqda. Masalan, Altadena hududida ön ming gektardan ortiq yer yonmoqda va bu taxminan 13 mingta binoga xavf solmoqda. Vaziyatni kuçli şamollar yanada oğirlaştirmoqda, bu aviatsiyani qöllaşga xalaqit beryapti, şuningdek, Paliseyds hududidagi yonğin gidrantlari işlamay qolgan. Minglab uylar vayron bölgan.
Ofat qurbonlari soni kamida ön kişini taşkil etmoqda. Los-Anjelesda minglab aholini majburiy evakuatsiya qiliş buyruqlari berilgan. Şu bilan birga, okrug yonğin xizmati rahbari mavjud resurslar atigi bir yoki ikkita yirik yonğin bilan kuraşişga möljallanganini tan oldi.









