Gavayida yonğinlar töxtamayapti: sakson kişi qurbon böldi

Gavayida yonğinlar töxtamayapti: sakson kişi qurbon böldi

Gavayi orollaridagi yonğin qurbonlari soni 80 nafardan oşib ketgani aytilmoqda. Bu Maui okrugi saytida maʼlumot berildi.

«Ölganlar soni 80 kişini taşkil qilmoqda», deyiladi unda.

Aniqlik kiritilişiça, qutqaruvçilar Laxayna, Pulexu va Kixey şaharlarida yonğinlarni öçiriş işlarini davom ettirmoqda.

Bungaça tabiiy ofat tufayli yuzlab mahalliy aholi evakuatsiya qilingani xabar qilingandi. Maui orolining yonğin sodir bölgan baʼzi qismlarida yöllar yopilişiga töğri keldi. Hokimiyatning bunday çoralari yonğinning uylarga juda yaqin kelgani bilan boğliq.

Baʼzilar oroldagi aloqa muammolari tufayli favqulodda xizmatlarga murojaat qila olmayapti. 

Eslatib ötamiz, sönggi vaqtda Gavayida kuçli örmon yonğinlari katta talofotlarni keltirib çiqarmoqda. 


Teglar:
×