“Demokrat.uz” rahbari ham qölga olindi

“Demokrat.uz” rahbari ham qölga olindi

“Demokrat.uz” internet naşri rahbari Mehmonov Fazliddinxon Asatilloxon öğli va blogerlik faoliyatini yurituvçi Ğoipnazarov Aziz Abdulla öğliga nisbatan jinoyat işi qözğatildi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, IIBB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan “Demokrat.uz” internet naşri rahbari Mehmonov Fazliddinxon Asatilloxon öğli va blogerlik faoliyatini yurituvçi Ğoipnazarov Aziz Abdulla öğliga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

IIBBga köra, 2025 yilning 15 dekabr kuni gumonlanuvçi Ğoipnazarov Sergeli tumanida joylaşgan avtosalonlardan birini faoliyatini obrösizlantiruvçi videomaterial tayyorlab, internet tarmoğida joylaştirgan. Şundan söng “Demokrat.uz” internet naşri rahbari Mehmonov, Ğoipnazarovlar tomonidan tayyorlangan videolavhani ijtimoiy tarmoqlardan öçiriş hamda uşbu naşr tomonidan tayyorlangan, tadbirkorni obrösizlantiruvçi alohida videolavhani OAVda joylamaslik evaziga, tovlamaçilik yöli bilan jabrlanuvçidan jami 50 ming dollar talab qilgan.

Mehmonov jabrlanuvçidan joriy yilning 29 yanvar kuni 3 ming dollarni olib, söng  joriy yilning 10 fevral kuni 17 ming dollarni olayotgan vaqtida, daliliy aşyolar bilan qölga olingan.

“Hurmatli fuqarolar, agar siz mazkur şaxslarning harakatlaridan jabr körgan bölsangiz, eng yaqin Içki işlar organlariga yoki 102 qisqa raqamiga murojaat qilişingizni söraymiz”, deyiladi boşqarma xabarida.


×