Keça, 26 aprel kuni Andijon viloyatida joylaşgan Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi istirohat boğida attraktsion zanjiri uzilib, qulab tuşdi va oqibatda 2 kişi jarohatlandi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.
Maʼlumotlarga köra, attraktsionning temir konstruktsiyasida siniş sodir bölgan. Hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro yengil tan jarohati olgan va ularga malakali tibbiy yordam körsatilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa, kamida 7 kişi jarohatlangani aytilmoqda. Tarqalgan videolarda baxtsiz hodisadan keyin attraktsion parçalari yerda soçilib yotgani aks etgan.
Baʼzi tarmoq foydalanuvçilari attraktsionlarning aksariyati texnik tekşiruvdan ötkazilmagani haqida fikr bildirgan.









