Rossiyada politsiya xodimlariga xorijliklarni deportatsiya qiliş huquqini beruvçi qonun tasdiqlandi

Rossiyada politsiya xodimlariga xorijliklarni deportatsiya qiliş huquqini beruvçi qonun tasdiqlandi

Rossiya Davlat dumasi politsiya xodimlariga xorijliklar va fuqaroligi bölmagan şaxslarni deportatsiya qiliş töğrisida qaror qabul qiliş vakolatini beruvçi qonunni maʼqulladi. Bu haqda Rossiya hukumati manbalariga tayanib, “TASS” naşri xabar berdi.

Xorijiy şaxslarni deportatsiya qiliş haqida qaror qabul qiliş huquqi Rossiya hududida şu paytga qadar faqat sudyalar va immigratsiya xizmati xodimlarida bölgan. Endilikda esa hukumat bu vakolatni mahalliy politsiyaga beriş orqali migrantlar bilan boğliq vaziyatni tartibga solişga urinayotgani aytilgan.

Xabarda aytilişiça, yangi tartib mamlakat politsiya xodimlariga çet elliklarni deportatsiya qiliş, şuningdek, hibsga olingan şaxslar töğrisidagi maʼlumotlar va hujjatlarni boşqa davlat idoralaridan va hatto çet el taşkilotlaridan söraş huquqini beradi. Politsiya ,şuningdek, bu borada xorijiy banklar va notijorat birlaşmalaridan ham maʼlumot söraşi mumkin.

Endilikda Rossiyada noqonuniy ekanligi aniqlangan xorijliklar ham nazorat ostidagi şaxslar reyestriga kiritilişi belgilangan. Mamlakatdagi har bir çet ellik mahalliy politsiyaga sayohat maqsadidan qatʼiy nazar turgan joyi töğrisida xabar berişi şart qilib qöyilgan. Politsiya “şubhali” reyestriga tuşgan çet elliklarga köçmas mulk sotib oliş, avtomobil haydaş, Rossiya hududida sayohat qiliş, turmuş quriş, bank hisob raqamini oçiş taqiqlangan.

Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin, şuningdek, fuqarolik huquqlarini çeklovçi köplab qonunlar, jumladan, röyxatdan ötiş talablari töğrisidagi qonunlarning hammuallifi bölgan hukmron “Yagona Rossiya” partiyasi deputati Irina Yarovaya rahbarligida Davlat dumasining Migratsiya masalalari böyiça komissiyasi tuzilganini eʼlon qilgan.

Köplab tahlilçilar politsiyaga deportatsiya qiliş vakolati berilişi jiddiy muammolar keltirişini aytgan. Sönggi haftalarda Rossiya viloyatlarida politsiya reydlari, migrantlarni söroq qiliş kabi holatlar nihoyatda köpaygan.

Teglar:
×