Counterpoint Research tahliliy kompaniyasi ekspertlari aqlli soatlar jahon bozorida 2021 yil yakunlarini sarhisob qildi. Ularning hisob-kitoblariga köra, birgina törtinçi çorakning özida uşbu toifadagi 40 milliondan ortiq qurilmalar sotilgan, bu tarixdagi eng yuqori çoraklik körsatkiç bölib, yil davomida yetkazib beriş 2020 yilga nisbatan 24 foizga oşgan.
Apple bozorda yetakçi bölib qolmoqda. Yetkazib beriş uluşi 30,1 foizini taşkil qiladi. Biroq, 2020 yilda uşbu körsatkiç 32,9% ni taşkil etgan edi. Tahlilçilar Apple uluşining qisqarişini raqobat kuçayganligi bilan izohlamoqda.
Ikkinçi örinni egallab turgan Samsung kompaniyasi ham biroz örinni boy berdi. Uning bozordagi uluşi 10,7 foizdan 10,2 foizga kamaydi. Taʼkidlaş joizki, uçinçi çorakda Samsung kompaniyasining aqlli soatlarini yetkazib beriş hajmi har çorakda 200% dan oşdi, bu Samsung uçun rekorddir. Ösiş törtinçi çorakda davom etdi.
AQŞning davom etayotgan sanktsiyalariga qaramay, Huawei 2021 yilda yuqori darajadagi yangi modellar va bolalar uçun aqlli soatlarni sotuvga çiqardi, biroq 2020 yilga nisbatan Huawei uluşi ham kamaydi. 2021 yil oxirida u 7,7 foizni taşkil etgan bölsa, 2020 yilda xitoylik işlab çiqaruvçi bozorning 10,7 foiziga egalik qilgan. Bozor taqsimotining vizual tasviri Counterpoint Research tomonidan naşr etilgan diagrammada aks etgan:










