Saudiyada sunʼiy intellekt şifokorlik qilişni boşladi

Saudiyada sunʼiy intellekt şifokorlik qilişni boşladi

Xitoyning Synyi AI kompaniyasi Saudiya Arabistonining şarqiy Al-Ahsa mintaqasida Almoosa Health Group bilan hamkorlikda bemorlarga sunʼiy intellekt yordamida taşxis qöyadigan dunyodagi birinçi klinikani oçdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Naşrning yozişiça, klinika joriy yilning aprel oyidan boşlab öz faoliyatini boşlagan. Innovatsion klinikada bemorlarni “Dr. Hua” deb nomlangan sunʼiy intellekt asosida işlovçi şifokor qabul qiladi. Bemorlar planşet orqali “Dr. Hua”ga kasallik alomatlarini taʼriflaydi. Şundan söng sunʼiy intellekt qöşimça savollar beradi. Şuningdek, yurak ritmi va rentgen kabi maʼlumotlar va tasvirlarni tahlil qiladi. Konsultatsiya tugagaç, “Dr. Hua” davolaş rejasini taqdim etadi. U tayyorlagan davolaş rejalari inson şifokor tomonidan körib çiqiladi va tasdiqlanadi. Sunʼiy intellekt bajara olmaydigan şoşilinç holatlar uçun esa inson şifokorlar doim tayyor turadi.

Synyi AI maʼlumotlariga köra, uşbu texnologiya sinov bosqiçida 0,3 foizdan kam xatolik darajasini körsatgan.

“Sunʼiy intellekt ilgari şifokorlarga yordamçi bölib xizmat qilgan bölsa, endi biz sönggi bosqiçga ötyapmiz. AI bemorlarni bevosita taşxislaydi va davolaydi”, degan Synyi AI boş direktori Çjan Şaodyan.

Hozirça önlab bemorlar uşbu xizmatdan bepul foydalangan va inson şifokor ham jarayonda iştirok etgan. Çunki loyiha hali tajriba bosqiçida. Uşbu pilot dastur orqali sunʼiy intellekt tomonidan yiğilgan taşxis maʼlumotlari keyinçalik Saudiya rasmiylariga topşiriladi. Şundan söng 18 oy içida tasdiqlansa, uşbu xizmat tijoratlaşadi.

Hozirça “Dr. Hua” faqat nafas oliş yöllari bilan boğliq muammolar – astma, faringit kabi 30 ga yaqin kasalliklarni qamrab oladi. Kompaniya kelgusi yilda bu röyxatni kengaytirib, nafas yöllari, ovqat hazm qiliş va teri kasalliklarini qamrab oluvçi 50 ta kasallikni sunʼiy intellekt orqali taşxislaşni rejalaştirgan. Şuningdek, Synyi AI Saudiya Arabistonidagi boşqa şifoxonalar bilan hamkorlikda yaqin oylarda şunga öxşaş boşqa klinikalar oçişni möljallamoqda.


×