Özbekistonda 2020 yilning ötgan 9 oyi (yanvar-sentyabr) davomida jami 4294 ta yöl-transport hodisasi sodir böldi, ularda 1293 kişi vafot etdi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasining 9 oylik statistik maʼlumotlarida söz boradi.
Yöl-transport hodisalari 2019 yilning mos davriga nisbatan 510 taga kamayganini köriş mumkin.
Sönggi 9 oy davomida röy bergan YTHlar oqibatida 1293 ta ölim holati qayd etilgan. Jami 3886 kişi tan jarohati olgan.
YTHlarining 728 tasi bolalar, 1919 tasi piyodalar, 579 tasi velosiped haydovçilari, 146 tasi litsenziyaga ega bölmagan taksilar va 77 tasi mototsikllar iştirokida sodir bölgan.
Maʼlum qilinişiça, respublika böylab eng köp YTH Farğona viloyatida — 666 ta (2019 yil yanvar-sentyabr oraliğida — 712 ta), Toşkent viloyatida — 495 ta (688 ta) va Toşkent şahrida — 487 ta (518 ta), eng kami esa Sirdaryo — 101 ta (105 ta), Jizzax — 118 ta (177 ta) va Navoiy — 144 ta (153 ta) viloyatlarida kuzatilgan.
Surxondaryo viloyatida ötgan yilgiga nisbatan YTHlar körsatkiçi 34 foizga kamaygan va 186 tani (2019 yil yanvar-sentyabr oraliğida — 283 ta) taşkil qilgan.
Şuningdek, hisobot davrida yöl-transport hodisalari asosan piyodalar yölning belgilanmagan joyidan ötişi (17,8 foiz), belgilangan tezlikka rioya qilmaslik (15,5 foiz), velosiped yölaklari taşkil etilmagani (6,3 foiz), çarçoqlik yoki uxlab qoliş (6,2 foiz) va avtomobilni mast holatda boşqariş (1,7) kabi holatlar oqibatida sodir bölgan.
Uşbu davr mobaynida respublika böylab jami 3 912 559 ta yöl harakati qoidabuzarliklari aniqlangan.
Şulardan:
• 2 130 163 tasi – qöpol qoidabuzarliklar;
• 565 581 tasi – xavfsizlik kamarini taqmaslik;
• 282 739 tasi – quvib ötiş qoidalarini buziş;
• 121 373 tasi – piyodalar qoidabuzarligi;
• 114 486 tasi – svetoforga böysunmaslik;
• 27 308 tasi – telefondan foydalaniş;
• 20 278 tasi – mast holda boşqariş;
• 7 928 tasi – YPX xodimlariga böysunmaslik;
• 7 890 tasi – noqonuniy qoraytirilgan oyna.









