BMT Suriyada 10 yil içida neça kişi halok bölganini maʼlum qildi

BMT Suriyada 10 yil içida neça kişi halok bölganini maʼlum qildi

2011 yilning martidan 2021 yil martigaça Suriyadagi mojarolarda 350 mingdan ortiq odam halok böldi. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Inson huquqlari böyiça Oliy komissari Mişel Baçelet maʼlum qilgan.  

U BMTning Inson huquqlari kengaşi sessiyasida öz idorasi tomonidan tayyorlangan hisobotni taqdim etgan. 

“Biz 2011 yil martidan 2021 yil martigaça Suriyadagi mojaro paytida halok bölgan 350 209 nafar şaxslarning röyxatini tuzdik”, degan Oliy komissar. 

Baçeletdagi maʼlumotlarga köra, röyxatga 26 727 nafar ayol va 27 126 nafar bola kiritilgan. Maʼlum qilinişiça, eng köp qurbonlar Aleppo viloyatida qayd etilgan — 51 731 nafar. Keyingi örinlardan Damaşq (47 483), Xoms (40 986), Idlib (33 271), Xama (31 993) va Tartus (31 369) joy olgan. 

Oliy komissarga köra, bu statistika “puxta işlaşga asoslangan”, lekin töplangan maʼlumotlar mojaro qurbonlarining töliq röyxati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Uning sözlariga köra, qurbonlarning haqiqiy soni, albatta, köproq. 

Baçeletning aytişiça, uning idorasi odamlarning ölimiga nima sabab bölgani, şuningdek ularning fuqarolik yoki boşqa holati haqidagi maʼlumotlarni tahlil qilişni boşlagan. 

“Qöşimça tahlil qiliş juda muhim va bu murakkab işni davom ettiriş uçun bizga köproq vaqt hamda mablağ kerak”, deya xulosa qilgan u.

×