Farğona viloyati hududida faoliyat körsatayotgan barça turdagi avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalarining belgilangan norma va meʼyorlarga muvofiqligi holati örganib çiqiladi. Bu haqda viloyat hokimining tegişli farmoyişi qabul qilindi.
“Baxtsiz va noxuş hodisalarning oldini oliş, xavfsizlik qoidalariga amal qiliş, yöl qöyilgan kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida “Özdavneftgazinspektsiya” Farğona hududiy bölimi, viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi, “Hududgaz Farğona” gaz taʼminoti filiali kabi masʼul taşkilotlar xodimlaridan iborat işçi guruhi tuzildi. Mazkur işçi guruhi tomonidan avtomobillarga gaz töldiriş kompressor stantsiyalari (AGTKS), avtomobillarga gaz quyiş stantsiyalari (AGKS) va avtomobillarga yoqilği quyiş stantsiyalari (AYOQS)ning sanoat, yonğin, ekologik xavfsizligi talablariga muvofiqligi, yoqilği saqlaş rezervuar (siğim)larning holati va boşqa qonunçilikdagi meʼyorlar örganiladi. Örganişlar çoğida ularning moliyaviy işlariga aralaşmaydi hamda şoxobçalar odatdagi iş tartibi böyiça faoliyat körsatadi”, deyiladi xabarda.
Şuningdek, viloyat hududida faoliyat yuritayotgan, taşkiliy-huquqiy şaklidan qatʼi nazar barça avtomobillarga yoqilği quyiş, siqilgan va suyultirilgan gaz töldiriş şoxobçalarida işlovçi işçi-xodimlarni viloyat favqulodda vaziyatlar boşqarmasi qoşidagi öquv markazida dastur asosida şartli ravişda öqitilişi taʼminlanadi.









