Aniqlanişiça, portlagan omborxonada katta miqdorda kimyoviy moddalar saqlangan. Sergeli tumanidagi omborxonada sodir bölgan favqulodda vaziyat sabablarini örganiş, körilgan talafotlarni bartaraf etiş hamda jabrlanganlarga yordam körsatiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar töğrisida Hukumat komissiyasining axboroti eʼlon qilindi.
Unga köra, yonğin boşlangan joy va portlaş öçoği metall va “sendviç” panellardan qurilgan omborda yuz berganligi aniqlangan. Yonğin va portlaş oqibatida omborning metall konstruktsiyalari deformatsiyaga uçrab, qulab tuşgan.
Yonğin sodir bölgan omborxonada katta miqdorda kimyoviy moddalar, quriliş va boşqa mahsulotlar belgilangan talablarga rioya qilinmasdan aralaş holda saqlab kelingan.
Hodisa joyidan olingan namunalar asosida ötkazilgan kimyoviy tadqiqotlar natijasida poliefirlar, ksilol, uglevodorodlar, natriy gidroksid, vodorod peroksidi, etilen glikol va yuqori molekulyar karbon kislota efirlari kabi kimyoviy moddalar mavjudligi aniqlandi.
Bu moddalar omborxonada saqlanayotgan vodorod peroksidi, alkid smolasi, alkilbenzolsulfon kislotasi, latex, poliefir smolasi, kaustik soda moddalari va lak mahsulotlarining tarkibiy qismlari bölib, yonğin va portlaş xavfi yuqori hisoblanadi.
Hodisa joyi örganilganda, aynan vodorod peroksidi saqlangan joy yaqinida gul qoğozlar va boşqa yonuvçi materiallar saqlangani aniqlangan. Örganiş natijasiga köra, omborxonada saqlanayotgan kimyoviy modda va materiallarning özaro taʼsirlanişi va kimyoviy öz-özidan yonişi yuzaga kelib, portlaş sodir bölgan.
Holat yuzasidan IIV Tergov departamenti tomonidan JKning 259-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Jinoyat işi böyiça 4 nafar şaxsga nisbatan “qamoqqa oliş”, 1 nafariga nisbatan “garov” ehtiyot çorasi qöllanilgan.
"Hodisa sodir bölgan omborxona hududida 12 ta ijaraçi kompaniyaning katta miqdordagi turli xil nomenklaturadagi tovarlari saqlanganligi hamda jinoyat işi doirasida mutaxassislar tomonidan bir neçta turdagi ekspertiza tadqiqotlari (sudga oid kimyoviy, yonğin-texnik, portlaş, tovarşunoslik, quriliş va x.k.) ötkazilayotganligi uçun yonğin va portlaş sabablari, şuningdek, yetkazilgan zarar miqdori böyiça yakuniy xulosaga keliş muayyan vaqtni talab etmoqda",- deyiladi xabarda.
Holat yuzasidan kompleks sud ekspertiza xulosalari va tergov natijalariga köra yakuniy xulosa qilinadi.









