Bugun kunduzi Toşkent viloyati va Farğona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda biroz qor yoğadi. Respublikaning qolgan hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol ğarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gaça kuçayadi. Havo harorati 0-5 daraja iliq, janubda 8 daraja iliqqaça böladi.
Dam oliş kunlari Özbekistonning barça hududlari böyiça yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda. Yöllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Şamol şarqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin.
Harorat 21-22 dekabrda keçalari 5-10 daraja sovuqqaça pasayadi, kunduz kunlari 2 daraja sovuq-3 darada iliq atrofida böladi.
Poytaxtimizda bugun vaqti-vaqti bilan biroz qor yoğadi, tuman tuşadi. Harorat 0-2 daraja iliq böladi.
Şanba va yakşanba kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçalari 5-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-3 daraja iliq böladi.
Yöllarda baʼzi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin.









