8 fevraldan Özbekiston hududiga nam havo kirib kelişi boşlanadi, deya xabar bermoqda «Özgidromet» agentligi.
Juma kuni Özbekistoning barça hududlari böyiça quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kunlari havo +13…+18 darajagaça isiydi. Faqat respublika şimolida havo harorati +2…+7 darajadan yuqori bölmaydi.
Şanba kuni Özbekiston hududiga nam havo kirib kelişi boşlanadi. Baʼzi joylarda yomğir yoğadi, faqat Qoraqalpoğiston va Farğona vodiysi viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Xorazm viloyatida va çöl hududlarda yomğir qorga aylanişi mumkin.
Hududning katta qismida havo harorati yuqori bölişi saqlanib turadi, faqat respublika şimolida harorat –3…+2 darajagaça pasayadi.
Yakşanba kuni respublikaning köpçilik viloyatlarida keçasi va ertalab baʼzi joylarda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi. Qoraqalpoğiston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Kunduz kunlari havo harorati +5…+10 darajagaça pasayadi, şimolda −3…+2 daradja atrofida böladi.
Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ayrim joylarda 15–20 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.
Toşkent şahrida juma kuni yoğingarçilik kutilmaydi, şanba kuni biroz yomğir yoğişi mumkin. Yakşanba kuni keçasi va ertalab yomğir yoğadi va u qorga aylanişi mumkin, kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi.
Şarqiy şamol yönalişini özgartirib, ğarbdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat keçalari asosan +2…+6 daraja, kunduz kunlari 7–8 fevral kunlari +13…+16 daraja, 9 fevralda +8…+10 daraja böladi.









