Namanganda minglab tonna kömir talon-toroj qilindi

Namanganda minglab tonna kömir talon-toroj qilindi

Namangan va Qoraqalpoğiston viloyatida ijtimoiy soha obʼektlarini isitiş uçun yetkazib berilgan kömirni talon-toroj qiliş holatlari aniqlandi. 

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus tumani bölimi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.Unda davlat xususiy şerikçilik bitimiga asosan kömir yetkazib beruvçi “N.A.” MÇJga ijtimoiy soha obʼektlarini isitiş uçun yetkazib berilgan kömir ölçovdan ötkazilganida, MÇJ masʼul şaxslari umumiy bahosi 1 mlrd sömlik jami 2 514 tonna kömirni talon-toroj qilganliklari aniqlangan. 

Şu kabi, Departamentning Namangan viloyati boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda davlat xususiy şerikçilik bitimiga asosan kömir yetkazib beruvçi “O.D.” MÇJ rahbari O.Q. va boşqalar kuz-qiş mavsumida Kosonsoy tumanidagi byudjet taşkilotlarini isitiş uçun ajratilgan umumiy bahosi 263,1 mln sömlik 609,9 tonna kömirni boşqa şaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

kömir

Teglar:
×