Namanganda ijtimoiy tarmoq faollari boquvçisini yöqotgan oilalarga 70 tonna kömir tarqatdi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Ijtimoiy tarmoq faollari sahovatli insonlar kömagida 50 tonna kömir uçun mablağ töpladi. Taşabbusdan xabar topgan «Kömir taʼminot» jamiyati viloyat filiali mutasaddilari öz hisoblaridan yana 20 tonna kömir qöşib berdi.
— Nafaqat qöşib berişdi, balki qoplarga joylab, biz tarqatişni közlagan manzilga avtotransportda eltib ham berişdi. Buning uçun ularga minnatdorlik bildiramiz. Qişning sovuq kunlarida uylariga harorat kirgan oilalarning duolaridan umidvormiz, — deydi faollardan biri Muhammad Ikrom.
Muhammad Ikromga köra, 70 tonna kömir Namangan şahri va şaharga yaqin hududlardagi 140 ta boquvçini yöqotgan oilaga 500 kilogrammdan taqsimlandi.









