Namanganda aholining içimlik suviga ajratilgan pullar talon-toroj qilindi

Namanganda aholining içimlik suviga ajratilgan pullar talon-toroj qilindi

Namangan viloyati Mingbuloq tumanida aholidan toza içimlik suvi uçun yiğilgan pullarni sobiq mansabdorlar talon-toroj qilgani foş etildi. Bu haqda Sputnik naşriga Boş prokuratura matbuot xizmati maʼlum qildi.

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tuman bölimi tergovga qadar tekşiruv ötkazgan. Unda tumandagi “Toza içimlik suv”  UK sobiq mansabdor şaxslari yetkazilgan toza içimlik suvi uçun aholidan yiğib olingan 190 mln söm naqd pulni talon-taroj qilgani aniqlangan. Ular  pullarni tegişli bank kassasiga topşirmagan.

Mazkur holat yuzasidan korxona rahbarining sobiq birinçi örinbosari M.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Tergov harakatlari ötkazilmoqda.

×