Namangan viloyatida prokuratura organlari kuz-qiş mavsumini betalofat ötkaziş bilan boğliq işlar ijrosini nazorat qilib bormoqda. Hujjatlarda qayd etilişiça, viloyat miqyosida kuz-qiş mavsumi uçun aholi va ijtimoiy soha obʼektlariga belgilangan jami 165 ming tonna mahalliy kömir mahsulotining 103 ming tonnasi yetkazib berilgan. Aholi ajratib berilgan jami 153 ming tonna kömirdan 90,4 ming tonna, byudjet muassasalari esa 12 ming tonna kömir bilan taʼminlangan.
Biroq haqiqiy ahvol örganilganda esa kamomadga yöl qöyilgan, ayrim mansabdor şaxslarning öz manfaati yölida köpning haqiga xiyonat qilişgani maʼlum böldi.
Namangan viloyat prokuraturasi tomonidan ötkazilgan nazorat tadbirlari davomida Uyçi, Uçqörğon va Çortoq tumanlari aholisiga kuz-qiş mavsumida yetkazib berilişi lozim bölgan 838,2 tonna yoki 251 mln 788 ming sömlik kömir talon-toroj qilingani aniqlanib, 3 ta jinoyat işi qözğatilgan.
Foto: «Özbekiston-24» telekanali videolavhasidan skrinşot
Xususan, «Kömirtaʼminot» MÇJ Namangan viloyati filiali Uçqörğon kömir ombori mansabdorlari 623,7 tonna yoki 187 mln 290 ming sömlik kömir mahsulotidan kamomadga yöl qöyilgani foş etilgan.
«Jinoyat işi tafsilotlariga köra Uçqörğon kömir omborining mansabdorlari aholiga imtiyozli narxda yetkazb berilişi lozim bölgan 627 tonna kömir mahsulotini naqd pulga sotib yuborib, undan tuşgan 187 mln söm pulni öz manfaati yölida işlatib yuborgan. Mazkur holat böyiça kömir ombori mudri protsessual tartibda uşlandi. Jinoyat işi böyiça voqea joyini közdan keçirilib, tergov harakatlari ötkazildi.
Ayni paytda Uçqörğon tumani prokuraturasi tomonidan kömir ombori mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan qözğatilgan jinoyat işi böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda. Jinoyat işi böyiça yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanib, uni davlat foydasiga undiriş çoralari körilmoqda», deydi tuman prokuraturasi tergovçisi Azizbek Mirzakarimov «Özbekiston-24» telekanaliga bergan intervyusida.









