Özbekiston fuqarolari ogohlantirildi: "Bu hududlarga bora körmang"

Özbekiston fuqarolari ogohlantirildi: "Bu hududlarga bora körmang"

Özbekiston Taşqi işlar vazirligi Hindistonda bölib turan yoki borişni rejalaştirgan fuqarolarni u yerdagi tabiiy ofat yuz bergan hududlarga bormaslikka çaqirdi.

Özbekistonning Hindistondagi Elçixonasi bergan maʼlumotga köra, Hindistonning Bixar ştati va boşqa hududlarida qattiq yomğirlar yoğişi natijasida suv toşqinlari va öpirilişlar sodir bölmoqda. Elçixona mutasaddilari Özbekiston fuqarolaridan uşbu hududlarga yaqin bormaslikni söradi. 

Vazirlik maʼlumotiga köra, Hindistonda yuz berayotgan toşqinlar va öpirilişlar oqibatida minglab odamlar xavfli hudularni tark etişga majbur bölgan.  Mamlakat böyiça jami 110 dan ortiq odam mazkur tabiiy ofat qurboni bölgan. 

Şu munosabat bilan TIV Konsullik-huquqiy departamenti Hindistonda bölib turgan Özbekiston fuqarolarini tabiiy ofat hududlariga vaqtinçalik bormaslikka çaqirgan.

Manba: Aniq uz

×