Moskvada Özbekiston fuqarolari odam öğirladi (video)

Moskvada Özbekiston fuqarolari odam öğirladi (video)

Rossiya poytaxti Moskva markazida ikki nafar Özbekiston fuqarosi bir odamni öğirlab ketdi va uning qarindoşlaridan 400 ming rubl pul talab qildi. Bu haqda Rossiya Tergov qömitasining Moskva boşqarmasi vakili Yuliya Ivanova maʼlum qildi. 

Tergov maʼlumotlariga köra, 24 va 36 yoşli Özbekiston fuqarosi bölgan öğrilar joriy yilning 13 oktyabr kuni Zemlyanoy Val köçasidagi turar-joy binosining yonida jabrlanuvçini uşlab, öldiriş bilan tahdid qilgan. Uni majburan maşinaga ötkazgan.

Söng uni Moskva va viloyatlar böylab olib yurişgan va kaltaklaşgan. Garovga olingan şaxsning qarindoşlaridan telefon orqali tölov talab qilişgan.



Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan jinoiy iş oçilgan. Hozirda odam öğrilari bilan tergov harakatlari olib borilmoqda.

×