Rossiyada bankdan qarz olgan har beşinçi odam kreditini tölaşga pul topa olmayapti, bu haqda «Vlasova va şeriklar» advokatlar hayʼati raisi Olga Vlasova maʼlum qildi.
Uning aytişiça, bunday muammoga duç kelganlar vaziyatni har tomonlama baholab, yeçim qidirişlari, yangi daromad manbalarini qidirişlari lozim.
Masalan, köçmas mulkni ijaraga beriş yoki mulk (avtomobil yoki maişiy texnika)ni sotiş mumkin. Albatta, bu osonmas.
Ammo eski kreditni yopiş uçun heç qaçon yangi kredit olmang! Vlasova bu ğoya har qanaqasiga özini oqlamasligini uqtirdi.
«Yangi kreditning foizlari eskisiga qöşilib, bosimni yanada oşiradi. Bitta qarzini eplay olmayotgan kredit oluvçi uçun ikkita qarzni yopiş — öta tavakkalçilik», — dedi yurist.









