«Mahalla» telekanalining «Minbar» tok-şousida giyohvand moddalarning tarqalişi bilan boğliq dolzarb masala kötarilgan. Unda qatnaşgan advokat Amrullo Ahmedov buning ayrim sabablariga töxtalib ötgan.
«Agar huquqiy tomondan oladigan bölsak, fohişaxonalar bormi bizda? Nima uçun yopmaymiz? Bizda bularni yopiş imkoni bor, bitta tadbir eʼlon qilinib, hammasini yopişimiz mumkin. Uni yopmaymiz, çunki foyda keltiradi», degan advokat.
Advokatning şu joygaça aytganlari qirqilib, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan va notöğri talqin qilingan. Yaʼni yurist aytgan asosiy muammo qolib, hamma uni muhokama qilib ketgan.
Ahmedovning fikriga köra, fohişaxonalarda giyohvand moddalari ataylab tarqatiladi, oldi-berdisi böladi. Şu tariqa narkotiklar bozori çaqqonligi tuşuntirilgan.
«Telefonda muloqot bölyapti, ayni u tomondan (fohişaxonadan — tahr.) agar öşa giyohvandlik moddasini olib keladigan bölsang, mening xizmatim sen uçun bepul böladi, deyapti. U (mijoz — tahr.) boryapti, qaysidir joydan moddani olib kelib, kirayotgan paytda tadbir bölyapti va uşlanyapti. Nega bu narsaga oçiq-oydin yöl qöyib beryapmiz? Qaysidir talaba yo öğlimizga şu moddaga moyillik yaratib beryapmizmi? U giyohvandlik moddasini topolmayman, desa, u yerdagilar (fohişaxonadagilar — tahr.) senga Telegram botini aytaman, öşandan olib kelgin, deyapti», deya tuşuntirgan advokat.
Advokat «bu mijoz oxir-oqibat içki işlar tizimida maxsus arizaçi bölib çiqqaç, bu holatni qanday tuşunişimiz kerak?», deya savol taşlagan.
Hozirça Içki işlar vazirligi va Davlat bojxona qömitasi (DBQ) bunga rasmiy izoh berganiça yöq.
Eslatib ötamiz, Xabar.uz sayti ayni şu masalaga töxtalib, giyohvandlik moddalari dorixonalargaça yetib kelayotganini tanqid qilgandi. Hozirgaça DBQ bunga izoh bermagan.









