Sovuq havo oqimi natijasida ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalari (gaz zapravkalar) faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli çeklov munosabati bilan birja savdolariga çiqarilayotgan avtobenzin hajmi vaqtinçalik ikki karra oşiriladi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi.
Qayd etilişiça, buning uçun barça hududlarda zarur miqdorda zaxiralar yaratilgan.
Talab va taklifga qarab birja savdolariga joylaştirilayotgan avtobenzin hajmini yanada oşiriş imkoniyati mavjudligi maʼlum qilinadi.
Isteʼmolçilarning avtobenzinga bölgan talabini töliq qondiriş masalasi davlat nazoratiga olingan.
«Şuni alohida taʼkidlaş kerakki, joriy kuz-qiş mavsumida mamlakat aholisini avtobenzin bilan zarur miqdorda hamda uzluksiz taʼminlaş yuzasidan barça zaruriy çoralar körilgan.
Şu örinda xususiy avtozapravkalar egalaridan narxlarni sunʼiy ravişda oşirmasliklarini, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan töğri sotişlarini söraymiz.
Hozirgi vaqtda işçi guruhlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. Narxlarning asossiz ravişda oşirib yuborilişiga yöl qöyilmaydi», deyiladi vazirlik xabarida.









