Özbekiston banklaridagi muammoli kreditlarning umumiy hajmi oy davomida 10 foizga oşdi. Bunday statistik maʼlumotlar Respublika Markaziy banki tomonidan eʼlon qilindi, deya yozmoqda Kursiv.
1-avgust holatiga köra, Özbekiston Respublikasi moliya institutlaridagi muammoli kreditlar hajmi 15,7 trillion sömdan oşdi. Bir oy oldin bu körsatkiç 1,44 trillion sömga kam – 14,3 trillion sömni taşkil qilgan edi.
Bu ösişning asosiy «aybdori» Ipoteka-bank bölib, u NPL miqdorini deyarli ikki barobarga oşirdi (1,06 dan 2,08 trillion sömgaça). Mutlaq körsatkiçlarda ösiş böyiça Asakabank ikkinçi örinda (+193 mlrd.). Uçinçi örinni Milliy bank va SQB (+87 mlrd) bölişdi.
Umidsiz kreditlar miqdorining keskin oşişi natijasida ularning banklarning kredit portfelidagi uluşi 3,4 foizdan 3,7 foizgaça oşdi. Işlamaydigan kreditlarning eng katta uluşi hamon «Ravnakbank» va «Özagroyeksportbank»ga tegişli – mos ravişda 80,5% va 96,9%.









