Qurolli kuçlar va boşqa kuçişlatar tizim xodimlariga iş vaqtida ibodat qiliş taqiqlandi

Qurolli kuçlar va boşqa kuçişlatar tizim xodimlariga iş vaqtida ibodat qiliş taqiqlandi

Özbekiston Qurolli kuçlari va huquqni muhofaza qiluvçi boşqa organlari xodimlariga iş joylarida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajariş taqiqlandi.

Bu borda çeklovlar joriy yil 29 noyabr kuni qabul qilingan ÖRQ-1008-son qonunda belgilab qöyildi.

Mazkur hujjat bilan «Prokuratura töğrisida»gi, «Davlat bojxona xizmati töğrisida»gi, «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat töğrisida»gi, «Içki işlar organlari töğrisida»gi, «Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi töğrisida»gi hamda «Qöriqlaş faoliyati töğrisida»gi qonunlariga yuqoridagi çeklovni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan.

Yuqorida sanab ötilgan vazirlik va idoralarda xizmat ötaş bilan boğliq çeklovlar sarasiga, jumladan, quyidagilar kiritilgan:

  • xizmatni ötaş vaqtida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni bajarişga, qonunçilik hujjatlarida nazarda tutilgan alohida hollar bundan mustasno;
  • prokuratura organlarining binolarida va hududida diniy rasm-rusumlar va marosimlarni taşkil etişga, diniy mazmundagi materiallar va buyumlarni saqlaşga, xizmat majburiyatlarini amalga oşiriş bilan boğliq hollar bundan mustasno.

Öz navbatida, uşbu çeklovlarga rioya etmaganlik Özbekiston Qurolli kuçlari va huquqni muhofaza qiluvçi boşqa organlari xodimlarini qonunga muvofiq javobgarlikka tortiş uçun asos bölişi belgilab qöyilgan.

Uşbu qonun matnida tuşuntirilişiça, ayni vaqtda jamoat va davlat xavfsizligini taʼminlaş, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatçilikka qarşi kuraşiş böyiça vazifalarning samarali amalga oşirilişi Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarida va huquqni muhofaza qiluvçi organlarda xizmatni ötayotgan şaxslar uçun belgilanadigan çeklovlarning qonun bilan tartibga solinişini taqozo etmoqda.

Mazkur Qonun esa «Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari va huquqni muhofaza qiluvçi organlar jangovar şayligini va xizmat faoliyati samaradorligini yanada oşirişga, harbiy xizmatçilar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari örtasida tarbiyaviy işlar natijadorligini taʼminlaşga xizmat qiladi».

Maʼlumot uçun, uşbu tartib rasmiy eʼlon qilinganidan keyin bir oy muddat ötib kuçga kiradi.

Mazkur özgartiriş va qöşimçalarni nazarda tutuvçi qonun loyihasi Parlament Quyi palatasi tomonidan joriy yil 15 oktyabrda qabul qilingan, 23 oktyabrda esa Senat tomonidan maʼqullangan.


×