Rossiyaning yana bir şahrida migrantlarga taksi qiliş taqiqlandi

Rossiyaning yana bir şahrida migrantlarga taksi qiliş taqiqlandi

Rossiyaning Krasnoyarsk viloyatida çet ellik işçilarning haydovçilik bilan şuğullanişi taqiqlandi. Bu haqda Krasnoyarsk gubernatori Mixail Kotyukov imzolagan farmonda keltirilgan.

Farmonda viloyat hududida çet el fuqarolarining bir qança faoliyat turlarida işlaşini taqiqlaş nazarda tutilgan. Xususan, migrantlarga taksida yölovçilarni taşiş, ixtisoslaşgan dökonlarda alkogolli içimliklar, şu jumladan pivoning çakana savdosi, ixtisoslaşgan dökonlarda tamaki mahsulotlarining çakana savdosi bilan şuğullaniş taqiqlandi.

Qayd etilişiça, farmon 2025 yil 1 martdan eʼtiboran amalda böladi. Migrantlar işlaşi taqiqlanadigan sohalar yana ortişi mumkin.

“Rossiya Içki işlar vazirligining Krasnoyarsk ölkasi böyiça boş boşqarmasi bilan birgalikda biz şunga öxşaş yeçimlar zarur bölgan boşqa tarmoqlar va faoliyat sohalarini tahlil qilişda davom etamiz”, deyilgan xabarda.

Maʼlumot uçun, şu paytgaça Rossiyaning Tomsk, Samara, Lipetsk va Kursk viloyatlarida ham mehnat migrantlarining muayyan sohalarda işlaşini taqiqlovçi farmoyişlar kuçga kirgan.


Teglar:
×