Özgidromet 2-6 dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo prognozlarini eʼlon qildi.
Unga köra, uşbu kunlari Özbekiston hududi böyiça yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda. Faqat Toşkent, Namangan viloyatlarining toğoldi va toğli hududlarida 5 dekabrda asosan qor körinişidagi yoğingarçilik bölişi mumkin.
Havo harorati keçalari 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq, şimolda keçalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq atrofida böladi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tuşişi mumkin.
Toşkent şahrida 2-6 dekabr kunlari yoğingarçilik kutilmaydi. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan 3-8 m/s telikda esadi. Harorat asosan keçalari 1 daraja sovuq – 1 daraja iliq, kunduz kunlari 6-9 daraja iliq böladi.









