Özbekistonda havo harorati +15 darajagaça pasayişi kutilmoqda

Özbekistonda havo harorati +15 darajagaça pasayişi kutilmoqda

Haftaning birinçi yarmida Özbekiston hududi Qoziğiston hududlaridan kirib kelgan salqin havo massalari taʼsiri ostida böladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Harorat keçalari 15-18 darajagaça pasayadi, kunduz kunlari 32-35 daraja atrofida, janubda 36-38 darajagaça böladi.

Haftaning ikkinçi yarimda şarqiy botiqlik respublika hududidan siljiydi, havo harorati asta-sekin keçalari 20-23 darajagaça, kunduz kunlari 36-39 darajagaça, şimolda, janubda va çöl hududlarida 40-41 darajagaça kötarila boşlaydi.

Respublikaning katta qismida hafta davomida quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, faqat Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarida 14 iyunda kunning ikkinçi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.

14-15 iyunda respublikaning toğ oldi va toğli hududlarida konvektiv bulutlilik rivojlanişida baʼzi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin.

Respublika böyiça 14-15 iyunda va 19 iyunda şamol baʼzi joylarda çangli böron bilan 17-22 m/s gaça kuçayişi mumkin.

14 iyunda kutilayotgan mahalliy yomğirlar hisobiga Andijon, Namangan, Farğona viloyatlarining toğ oldi va toğli hududlarida sel keliş havfi bor.

×