“Özgidromet” hafta davomida kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
/ Madina Nurman
Unga köra, 24 iyun kuni Özbekiston böyiça bir oz issiq ob-havo bölişi kutilmoqda, havo harorati 32-37 daraja, şimolda, janubda 40 darajagaça issiq böladi.
Tekislik hududlarning katta qismida yoğingarçilik kutilmaydi, faqat Toşkent viloyati va Farğona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida kunning ikkinçi yarmida qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin.
25 iyundan boşlab havo harorati yana kötarila boşalaydi va iş haftasining oxirigaça keçalari 20-25 daraja, baʼzi joylarda 27 darajagaça, kunduz kunlari 35-40 daraja atrofida, janubda va çöl hududlarda 42-43 darajagaça issiq böladi. Uşbu kunlarda yoğingarçilik kutilmaydi.
Şarqiy yönalişdagi şamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 24 va 27—28 iyun kunlari baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgaça kuçayişi, ayrim joylarda çag-tözon bilan kuzatilişi mumkin.
Respublikaning toğoldi va toğli hududlarda 24 iyunda kunduz kuni baʼzi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğadi, sel-suv toşqini hodisalari yuzaga kelişi mumkin.
Toşkentda duşanba kuni kunning ikkinçi yarmida qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin. Harorat 34-36 daraja böladi. Kunning ikkinçi yarmida baʼzi joylarda şamol tezligi 10-12 metr/sekundgaça kuçayişi, çang-tözon bilan kuzatilişi mumkin.
25—28 iyunda yoğingarçilik kutimlaydi. Harorat asosan keçalari 20-25 daraja, kunduzi 25 iyunda 35-37 daraja, 26—28 iyunda 37-40 daraja böladi.
Şamol şarqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, 28 iyunda baʼzi joylarda 12-14 metr/sekundgaça kuçayişi, çang-tözon bilan kuzatilişi mumkin.









