Bayden Ukrainaning 4,6 mlrd qarzini bekor qilmoqçi - Bloomberg

Bayden Ukrainaning 4,6 mlrd qarzini bekor qilmoqçi - Bloomberg

AQŞning amaldagi Prezidenti Jo Bayden maʼmuriyati Kongressga Ukrainaning iqtisodiy qarzini bekor qilişi haqida bayonot berdi. Bu haqda “Amerika ovozi” xabar berdi.

Xabarga köra, Bayden maʼmuriyati Ukrainaning iqtisodiy yordam uçun berilgan qarzining yarmi, taxminan 4,65 milliard dollarni bekor qilişini maʼlum qilgan. Bu maʼlumotni AQŞ Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller brifingda tasdiqlagan.

Maʼlumot uçun, AQŞ Kongressi joriy yilning aprel oyida Ukraina xavfsizligini taʼminlaş uçun 61 milliard dollarlik qöşimça mablağ ajratiş töğrisidagi qonunni qabul qilgandi.

Uşbu hujjat şartlariga köra, iqtisodiy yordam, salkam 10 milliard dollar miqdorida bölib, bu mablağ Kiyevga bepul emas, balki şartli ravişda qaytariladigan qarz sifatida berilgan.

Şu bilan birga, mazkur hujjat Jo Baydenga uşbu qarzning 50 foizidan keçiş huquqini beradi.

Unga köra, qarzning 50 foizini 2024 yil 15 noyabrdan, yaʼni AQŞdagi prezidentlik saylovlaridan bir hafta ötgaç, amaldagi Prezident, qolgan 50 foizidan esa 2026 yilning 1 yanvarida keyingi davlat rahbari voz keçişi mumkin.

“Biz Ukrainaga körsatilgan iqtisodiy yordam uçun berilgan qarzlarni bekor qiliş maqsadida qonunda belgilangan qadamni qöydik. Endi Kongress bu qarorni qabul qilişi mumkin”, deb taʼkidlagan Miller.

Oq uy Kongressga qaror haqida maʼlum qilgaç, qonun çiqaruvçilar unga qarşi eʼtiroz tarzidagi qarorni qabul qilişlari mumkin. Biroq Millerning fikriça, bunday holat sodir bölmaydi.


Teglar:
×