Özbekiston “Sputnik V” vaktsinasiga 70 mln doza buyurtma bergan – “Bloomberg”

Özbekiston “Sputnik V” vaktsinasiga 70 mln doza buyurtma bergan – “Bloomberg”

Özbekiston Rossiyaning Gamaleya tadqiqot markazi tomonidan işlab çiqilgan “Sputnik V” vaktsinasiga 70 mln doza buyurtma bergan. Bu haqda “Bloomberg” agentligi xabar tarqatgan.

Agentlik maʼlumotiga köra, dunyo davlatlari pandemiyadan tezroq qutuliş uçun allaqaçon umumiy hisobda 8,2 mlrd doza vaktsinaga buyurtma bergan.

Bu miqdor agarda vaktsina barça davlatlarga teng taqsimlansa, Yer aholisining yarmini emlaşga yetadi. Negaki vaktsinalaş ikki bosqiçda amalga oşiriladi. Ammo bunday bölmadi. Boy davlatlar vaktsina yetkazib beriş böyiça yirik şartnomalarni tuzib böldi. ammo nisbatan kambağal davlatlar 2022 yilgaça ham kutişiga töğri kelişi mumkin.

15 ta farmatsevtik kompaniya vaktsina yetkazib berişni boşlagan. AstraZeneca Plc vaktsinasi eng xaridorgir preparat bölgan. Unga 2 mlrd 947 mln doza buyurtma qilingan.

Ikkinçi örindagi Novavax vaktsinasiga 1 mlrd 308 mln doza buyurtma tuşgan. Sanofi/GSK vaktsinasiga 732 mln doza “zakaz” bölgan. Uning asosiy bozori Yevropa Ittifoqi hisoblanadi.

Rossiyaning Gamaleya markazi 698 mln doza vaktsinaga şartnoma tuzgan. Uning “Sputnik V” vaktsinasiga asosan Hindiston (200 mln), Rossiya (160 mln), Braziliya (100 mln), Özbekiston (70 mln), Meksika (64 mln), Misr (50 mln), Nepal (50 mln) va boşqalar (4 mln) xaridor bölgan.

Umumiy hisobda davlatlar vaktsina işlab çiqaruvçi kompaniyalar bilan 90 ta şartnoma tuzgan. Eng katta buyurtmaçi Hindiston bölgan. Mamlakat 3 ta kompaniya bilan 2,2 mlrd doza vaktsinaga şartnoma tuzgan. 27 davlatni birlaştirgan Yevropa Ittifoqi 1 mlrd 305 mln doza vaktsina sotib olyapti.

Eslatib ötamiz, Özbekiston Moliya vaziri Timur Işmetov mamlakat 2021 yilda koronavirusga qarşi kuraş çoralari va vaktsina sotib oliş uçun 3 mlrd söm ajratişi haqida xabar bergandi.

×