AQŞ Isroilga harbiy yordamni köpaytirdi – “Bloomberg”

AQŞ Isroilga harbiy yordamni köpaytirdi – “Bloomberg”

AQŞning Isroil rahbariyatiga Ğazo sektorida tinç aholi qurbon bölmasligi haqidagi rasmiy çaqiriqlariga qaramay, Vaşington Tel-Avivga harbiy yordam hajmini oşirişda davom etmoqda. Bu haqda Pentagon hujjatlariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi. 

Bildirilişiça, AQŞ Mudofaa vazirligi tomonidan qabul qilingan Isroilning oktyabr oyidagi söroviga binoan yetkazib beriş allaqaçon boşlangan. Ötgan oy oxirida Isroilga quyidagi harbiy yordam yetkazilgan:

  • 36 mingta 30 mm öq-dorilar;
  • AH-64E Apache hujum vertolyotlari uçun 2 mingga yaqin Hellfire raketalari;
  • 1,8 ming M141 granata otiş moslamalari;
  • va kamida 3,5 ming tungi köriş moslamalari.

Pentagon Isroilning özini himoya qiliş vositalariga ega bölişini taʼminlaş uçun bir neçta taʼminot manbalaridan, jumladan, içki zaxiralari va sanoat kanallaridan foydalanayotganini aytgan.

Taʼkidlanişiça, bunday yordam deyarli har kuni Isroilga yetib bormoqda.

Manbaga köra, Isroil 57 mingdan ortiq yuqori portlovçi artilleriya snaryadlari, 20 ming M4A1 miltiqlari, 5 mingtagaça tungi köriş moslamalari, 3 mingta M141 granatalari, 400 ta 120 mm minomyotlar, 75 ta JLTV umumiy yengil taktik transport vositalari va 200 ta Switchblade 600 snaryadlarini söragan.

““Bayden maʼmuriyati Isroilni Ğazo sektorida tinç aholining qurbon bölişini oldini olişga çaqirganiga qaramay, qurol-yaroğ uzatiş davom etmoqda”, deyiladi xabarda.

Maʼlumot uçun, AQŞ maʼmuriyati oktyabr oyida Kongressga 2024 moliya yilida (1 oktyabrdan boşlangan) qöşimça yirik byudjet mablağlari, birinçi navbatda, Ukraina va Isroilga yordam beriş, şuningdek, Osiyo-Tinç okeani mintaqasida Xitoy va Rossiyaga qarşi kuraşiş böyiça sörov yuborgan. Umuman olganda, ijro etuvçi hokimiyat uşbu maqsadlar uçun 106 milliard dollarga yaqin mablağ olişni istaydi. Sörov va muqobil qonun loyihalarining keyingi taqdiri söroq ostida qolmoqda. Yaqinda AQŞ Kongressi Vakillar palatasi va Senatidagi köplab respublikaçilar Kiyevga moliyaviy yordam körsatişni davom ettirişga qarşi çiqdi.


Teglar:
×