Musayev uxlamay, uxlatmay işlayapti. Vazir yarim tunda yiğiliş ötkazgani rasman xabar qilindi

Musayev uxlamay, uxlatmay işlayapti. Vazir yarim tunda yiğiliş ötkazgani rasman xabar qilindi

Joriy yilning 11 noyabr kuni Soğliqni saqlaş vaziri etib tayinlangan Behzod Musayev sohadagi muammolar köpligidan özi ham uxlamay, boşqalarni ham uxlatmay işlayapti. Buni vazirlik Matbuot xizmati eʼlon qilgan rasmiy xabardan biliş mumkin.

Rasmiy xabarda aytilişiça, Özbekiston yoş bolalar orasida ötkir respirator kasalliklarning davriy kötarilişi kuzatilyapti va uşbu xastaliklarning eng yuqori körsatkiçi Toşkent şahri hissasiga töğri kelyapti. Natijada poytaxtdagi bolalar klinik şifoxonalariga yuklamalar sezilarli ortgan. Şu sababli Soğliqni saqlaş vaziri Behzod Musayev boşçiligida işçi guruh tuzilib, joriy yilning 13 noyabr kuni tunda poytaxt şifoxonalaridagi vaziyat örganilgan.

Şundan söng keça, 14 noyabr tonggi soat 04:30 da Toşkent şahrida bolalar örtasida ötkir respirator kasalliklar tarqalişi bilan boğliq muammolarni zudlik bilan bartaraf etiş maqsadida Soğliqni saqlaş vaziri boşçiligida şoşilinç yiğiliş ötkazilgan.

Natijada öşa kunning özida örganiş xulosalari tahlil qilinib, poytaxtdagi şifo maskanlarida 600 dan ziyod qöşimça örin-joylar taşkil etilgan hamda ona va bolalarga davolanişlari uçun yetarli şaroitlar yaratilgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 11 noyabr kuni Abduhakim Xojiboyev SSV rahbari lavozimidan ozod etilib, uning örniga asli mutaxassisligi iqtisodçi bölgan va muqaddam Davlat soliq qömitasiga boş bölgan Behzod Musayev tayinlandi.

Abduhakim Xojiboyev esa oradan köp ötmay Özbekiston kasaba uyuşmalari federatsiyasi raisi örinbosari etib tayinlandi.

×