AQŞ prezidentlik saylovlarida ğolib çiqqan Donald Tramp ommaviy deportatsiya haqidagi saylov oldi vaʼdasini bajarmoqçi. Bu haqda u keça, 7 noyabr kuni NBC telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Haqiqatan ham bizda boşqa çora yöq”, dedi Tramp.
Şuningdek, u asosiy eʼtiborini oğir jinoyatlar va giyohvandlikka aloqador jinoyatlar sodir etgan şaxslarni çiqarib yuborişga qaratişini bildirdi va AQŞ tarixidagi eng katta deportatsiya çorasini amalga oşiriş rejalarini maʼlum qildi.
“Odam öldirganlar, jinoyat qilganlar, mamlakatlarni vayron qilgan giyohvandlar – endi ular öz davlatlariga qaytadi. Ular bu yerda qolmaydi”, dedi u.
Maʼlumot örnida, Tramp uçun migratsiya siyosatini qatʼiylaştiriş saylovoldi kampaniyasining asosiy yönalişlaridan biri bölgan. U bir neça bor amaldagi AQŞ Prezidenti Jo Bayden maʼmuriyatining haddan taşqari yumşoq siyosati AQŞni uçinçi dunyo davlatiga aylantirib qöyganini taʼkidlagan. Tramp öz nutqlarida muxojirlarga nisbatan qatʼiyroq çoralar köriş va amaldagi migratsiya dasturlarini qayta körib çiqiş zarurati haqida gapirgan.









